Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Tramp Rossiya manfaatlariga xizmat qilyaptimi?

Tramp Rossiya manfaatlariga xizmat qilyaptimi?

Federal qidiruv byurosi AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi uning Rossiya manfaatlari va Amerikaga qarshi yo‘lda bo‘lishi mumkin degan tahmin bilan ikkita maxfiy tekshiruv boshladi. Bu haqda Exo Moskvi xabar berdi.

Hukumatdagi jimlik AQSh tarixida rekord qayt etganidan so‘ng Tramp New York Times, FQB, Bob Myuller va demokratlarga qarshi bir qator tvitlar bilan chiqdi.

2017 yilning may oyida Donald Tramp FQB rahbari Jeyms Komini ishdan bo‘shatganidan so‘ng byuro ikkita maxfiy tekshiruv boshlagan.

New York Times nashrining sobiq FQB xodimlariga tayanib bergan malumotlariga ko‘ra, byuro prezidentning bu harakatidan shu qadar xavotirga tushganki, Tramp Rossiya topshirig‘i bilan AQSh manfaatlariga qarshi ishlayapti degan gumon bilan tekshiruv boshladi.

12 yanvar kuni ertalab Tramp New York Times reportajiga o‘zining beshta tvitida shunday javob berdi: hozirgina qoloq New York Times dan bildimki, korrupsiyalashgan sobiq FQB yetakchilari hech qanday sabab va isbotlarsiz, firibgar va yaramas Jeyms Kombi ishdan bo‘shatilganidan so‘ng menga qarshi ish ochibdi... Men Komini ishdan bo‘shatishim Amerika uchun buyuk ish edi aslida, u do‘sti Bob Myuller va 13 nafar demokratlar himoyasida bo‘lgan sotqin polisiyachi edi. Men Rossiyaga nisbatan Obama, Bush va Klintondan va ehtimol boshqa har qanday AQSh prezidentdan ko‘ra qattiq turdim. Shu bilan birga aytishim lozimki, Rossiya bilan aloqalarni yaxshilasak yomon bo‘lmasdi. Men kun kelib Rossiya bilan yaxshi aloqada bo‘lishimizga ishonaman! .

Tramp Jeyms Komi va sobiq FQB xodimlarini prezident orqasidan pul topish istagida bo‘lgan omadsizlar deb atadi .

Mamlakatdagi jimlik sababli 5000 nafar agent va ofiserlar, ya’ni butun boshli FQB xodimlari orqa sana bilan oylik olish umidida bepul ishlamoqda.

Kiritildi: 15:09 13.01.2019. O'qildi: 2363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!