Shuningdek, muzokaralar davomida Oq uyning COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida boshqa mamlakatlarni 80 millionga yaqin AstraZeneca, Pfizer, Moderna va Johnson & Johnson preparatlari bilan ta’minlash rejasi doirasida O‘zbekistonga ham vaksina ajratilishi bilan bog‘liq masala muhokama etildi.
Amerikaning 44-prezidenti Barak Obamaning qizlari afroamerikalik Jorj Floyd vafotidan keyin AQShda Black Lives Matter harakati tomonidan uyushtirilgan norozilik namoyishlarida qatnashdi. Bu haqda Obama 8 iyun, seshanba kuni efirga uzatilgan CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Pekin COVID-19ning sun’iy kelib chiqishi haqidagi Amerika versiyasini Oq uyning 2000 yillarning boshlarida Iroqdagi ommaviy qirg‘in qurollari haqidagi bayonoti bilan taqqosladi, deb xabar beradi "Rossiya 24" telekanali.
AQSh va Ukraina prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy Vashingtonning Kiyevga 900 ming dozali koronavirus vaksinasini yetkazib berish rejalarini telefon orqali suhbat chog‘ida muhokama qildilar, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki. Bayden, shuningdek, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Rossiyadan "zararli harakatlar" davom etaversa, Vashington qasos oladi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Amerika rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda ushbu masalani ko‘tarmoqchi.
AQSh prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni yozda Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda AQSh rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.
Haykal AQShga Mustaqillik kuni nishonlanadigan 4 iyulda yetib keladi. U Nyu-York yaqinidagi Ellis orolida joylashgan migrasiya milliy muzeyiga o‘rnatiladi va u yerda 10 yil qoladi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken "Axios"ga bergan intervyusida Vashington Xitoy bilan qurollanish poygasini istamasligini aytdi.
Boshqarmada ta’kidlanishicha, bu “puxta tayyorgarlik ko‘rilgan jarayon” bo‘ladi.
AQSh harbiylari va NATO ittifoqi may oyidan boshlab Afg‘onistonni tark eta boshladi. Jarayon 2021 yilning 11 sentyabr kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden "bozor demokratiyalari" 21-asrda global savdo va texnologiya qoidalarini belgilashi kerak deb hisoblaydi. U bu qoidalarni Xitoy ishlab chiqmasligi kerakligini aytdi.
Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Tramp Xitoy koronavirus tarqalishi uchun kamida 10 trillion dollar to‘lashi kerakligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, bu ham hali juda kam.