Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiya AQShga ikkinchi Ozodlik haykalini yuboradi

Fransiya AQShga ikkinchi Ozodlik haykalini yuboradi

Fransiya bugun 7 iyunda AQShga ikkinchi Ozodlik haykalini yuboradi. AQShda mashhur haykalning «qiyofadoshi» 10 yil qoladi.

BFMTV nashrining xabar berishicha, AQShga yuboriladigan haykal XIX asr oxirida Gyustav Eyfel tomonidan yaratilgan «original» Ozodlik haykalining ancha kichik nusxasi hisoblanadi. Uning balandligi bor-yo‘g‘i 2,83 metrni tashkil qiladi. Shu kungacha u Parij ko‘chalaridan birida o‘rnatilgan bo‘lgan.

Haykal AQShga Mustaqillik kuni nishonlanadigan 4 iyulda yetib keladi. U Nyu-York yaqinidagi Ellis orolida joylashgan migrasiya milliy muzeyiga o‘rnatiladi va u yerda 10 yil qoladi.

Ozodlik haykali Amerikaga 1886 yilda Fransiya hukumati tomonidan AQSh mustaqillik deklarasiyasining 100 yilligi munosabati bilan sovg‘a sifatida yuborilgan. 135 yil o‘tib Fransiya ikki davlat do‘stligini tasdiqlash maqsadida AQShga yana bitta Ozodlik haykalini jo‘natmoqda.

Ozodlik haykali Nyu-York qo‘ltig‘idagi Ozodlik orolida joylashgan. Haykalning balandligi 46 metrni, postamenti bilan esa 93 metrni tashkil qiladi. 1984 yildan YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 12:26 07.06.2021. O'qildi: 5250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!