Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Jeneva osmoni parvozlar uchun yopiladi, chunki...

A A A
Jeneva osmoni parvozlar uchun yopiladi, chunki...

AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning Jenevadagi uchrashuvi vaqtida shahar ustidagi havo hududi yopiladi. Bu haqda NZZ am Sonntag nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Shveysariyaning fuqaro aviasiyasi federal boshqarmasi (BAZL) mamlakat harbiy-havo kuchlari va boshqa idoralar bilan Jeneva osmonini yopish detallarini ishlab chiqmoqda.

Boshqarmada ta’kidlanishicha, bu “puxta tayyorgarlik ko‘rilgan jarayon” bo‘ladi.

Putin va Bayden uchrashuvi 16 iyunda bo‘lib o‘tadi. Putin uchun Jenevaga safar 2020 yil yanvaridan beri birinchi xorijiy safar bo‘ladi.

Avvalroq AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi Jenevadagi La Grange villasida yoki Hotel Residence Parc des Eaux Vives mehmonxonasida o‘tishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 04:30 07.06.2021. O'qildi: 3575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik