Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada transformator o‘g‘rilari qo‘lga olindi

A A A
Farg‘onada transformator o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida shu yil 25 iyul kuni noma’lum shaxs “Isfayramsoy” MFY Ibrat ko‘chasiga o‘rnatilgan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasiga tegishli umumiy qiymati 18 mln so‘mdan ziyod narxdagi “KTPM” rusumli transformatorini o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchilar S.YU. va J.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Manba: kun.uz

 
Kiritildi: 11:24 30.07.2018. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik