Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Milliy gvardiya askari qo‘lida granata portlab ketdi. Jabrlanuvchi viloyat tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
“Askar viloyat tibbiyot markazida yotibdi. Uning ahvoli barqaror-og‘ir. Savollarga javob beryapti. Granata uning qo‘lida portlagan va, afsuski, o‘ng qo‘l panjasini uzib olgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lshicha, ayni vaqtda askarga kerakli barcha tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.
Manba: qalampir.com