Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda.
Bojxona va davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari hamkorlikda 2018 yilning 31 may kuni “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan respublikamiz orqali tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, vagonlardan birining ostki qismida ko‘z ilg‘amas bo‘shliqlarga joylashtirilgan temir qutilar xodimlarning diqqatini tortdi.
Yangi qishloq xo‘jaligi texnikasining Milliy modellarini ishlab chiqish doirasida «O‘zagrotexmash» OAJning Qishloq xo‘jaligi texnikasi Konstruktor-texnologik markazi har xil modifikasiyadagi 80, 100 va 110 ot kuchiga ega traktorlar oilasini ishlab chiqarmoqda.
Yo‘lda ikki o‘smirning o‘zaro suhbati qulog‘imga chalindi.
Armanistonning yangi Bosh vaziri Nikol Pashinyan nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya qilinishi mumkin.
“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, surxondaryolik fermer va dehqonlardan xarid qilingan, piyozni eksport qilish boshlandi.
Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filialida yuzlab fuqarolar saralash bosqichidan o‘tgan va Peterburgga ishga yuborilgan. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Sankt-Peterburg mehnat va bandlik qo‘mitasi raisi Dmitriy Cherneyko ma’lum qildi.
30 may kuni Surxondaryoda mudhish YTH sodir bo‘ldi.
Kecha, 31 may sanasida Zinedin Zidan 2,5 yillik bosh murabbiylik faoliyatidan so‘ng Madridning «Real» klubini tark etdi.
O‘zbekistonda avtomobillarni sotish tizimi o‘zgartiriladi, u mijozlarga avtomobilni sotib olish kunida olishga imkon beradi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Umidjon Salimov.
"O‘zavtosanoat" va Volkswagen O‘zbekistonda nemis konsernining turli brendlariga tegishli bir nechta modellarini ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shaxnoza Mirziyoyeva ushbu loyihaning yaratilishi sabablari xususida to‘xtaldi.
Kuni kecha O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abdulhasan ushbu masalaga to‘xtalib, Anvar qorining betob bo‘lishi sabablarini ochiqladi.
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres murabbiy Zinedin Zidanning ketishi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
“O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov yig‘ilishda tarbiyaga chaqirilsa-da, kor qilmayotgan, ochiq-sochiqlikdan voz kechmayotgan xonandalarni tanqid qildi.
Sigaret chekish joiz emas. Chunki uning iste’molga yaroqsiz va nopok narsa ekani barcha sog‘lom aql sohiblari tomonidan e’tirof etilgan.
FAO tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 15 million tonna limon hosili olinmoqda. O‘zbekistonda esa 60 ming tonna limon tayyorlanib, 2,5 ming tonnasi chetga sotilmoqda va yildan yilga eksport ulushi ortib bormoqda.
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari 2018 yil 7-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
O‘tgan yili GM Uzbekistan 140 ming 247 dona avtomobil ishlab chiqargan bo‘lib, 2016 yil bilan taqqoslaganda o‘sish hajmi 59 foizni tashkil etdi.
Toshkent dorixonalaridagi narxlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Norma portali muxbiri shu savolga javob topishga urinib ko‘rdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp qamoqxona islohoti masalalarini muhokama qilish uchun amerikalik fotomodel va aktrisa Kim Kardashyan bilan uchrashib, qamoqxona islohati masalalarini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Yana har xil xayollarga borib yurmang: men xotinimdan shikoyat qilmoqchi emasman. Xudoga shukur, besh yildan beri binoyidek yashab kelyapmiz. Faqat... shu kelingizning o‘ta realistligi, hisob-kitobga o‘chligi bor-da... Axir inson sal go‘zallikka, orzu-havasga, boringki... romantikaga moyil bo‘lishi kerak-ku?
Bugun yurtimiz masjidlarida imom-xatiblar “Zakot molni poklash demakdir” mavzusida mav’iza qiladilar.
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni olib borgan «O‘zbekkonsert» direktori Odil Abduqahhorov san’atkorlarning jamoatchilik o‘rtasida o‘zini tutishi, ayrim xatti-harakatlari bilan aholi, ayniqsa, yoshlarga noto‘g‘ri o‘rnak bo‘lishayotgani, san’at vakillari o‘rtasida riyokorlik avj olib borayotgani xususida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi bir qator ob’ektlar va hududlar turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan joylar ro‘yxatidan chiqarildi, deb yozadi «Daryo» nashri turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tayanib.
Tursunzodalik 80 yoshli Hojidodarbek Halilov mahalliy bolalar yil bo‘yi noqulay sharoitlarda ta’lim oladigan, deraza va eshiklari yo‘q xaroba maktab oldidan befarq o‘tib keta olmadi. Shunda qariya maktabni ta’mirdan chiqarishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘ladi, deb yozadi "Kun" nashri.
AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilgan modalar haftaligida manekenlarni hijobga o‘ragan Indoneziyalik liboslar dizayneri Annisa Xasibuan qalloblik uchun 18 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Xabaringiz bor, kecha “Real” ustozi Zinedin Zidan rasman iste’foga chiqdi. “Real” esa ayni damda uning o‘rniga boshqa murabbiylar variantlarini ko‘rib chiqmoqda.