Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pochettino “yo‘q”, dedi, “Real” boshqa variantni ko‘rib chiqmoqda

A A A
Pochettino “yo‘q”, dedi, “Real” boshqa variantni ko‘rib chiqmoqda

Xabaringiz bor, kecha “Real” ustozi Zinedin Zidan rasman iste’foga chiqdi. “Real” esa ayni damda uning o‘rniga boshqa murabbiylar variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Shu paytgacha “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettino asosiy nomzod sifatida qaralayotgandi. Ammo “Sky Sports” nashrining yozishicha, argentinalik mutaxassis “shporlar” rahbariyati bilan bu borada gaplashmoqchi emas. Ya’ni Pochettino “Real” taklif jo‘natgan taqdirda ham “Tottenxem”dan ketish niyatida emas. Shu bois “qirollik klubi” boshqa murabbiyga ko‘z tikdi.

“Sport.es” nashrining yozishicha, “Real” endi “Yuventus” murabbiysi Massimiliano Allegriga qiziqmoqda. Agar Maurisio Pochettino varianti chindan ham o‘xshamasa, “qirollik klubi” aynan Allegriga bor e’tiborini qaratmoqchi.

Kiritildi: 04:38 01.06.2018. O'qildi: 3831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!