Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zo‘rlashda ayblangan ikki karra jahon chempioni o‘lik holda topildi

Zo‘rlashda ayblangan ikki karra jahon chempioni o‘lik holda topildi

Figurali uchish bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Jon Kaflin o‘z uyidan o‘lik holda topildi, deydi mk.ru .

Kariyerasini tugatganidan so‘ng murabbiy va sharhlovchi sifatida ishlagan 34 yoshli jahon chempioni o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda uning singlisi Feysbukdagi sahifasida xabar tarqatdi.

Mening ajoyib, kuchli akam bugun o‘z joniga qasd qildi. Nima deyishni ham bilmayman. Men sizni yaxshi ko‘raman, Jon, deb yozgan Angela.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining figurali uchish assosiasiyasi marhumning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Kaflinning faoliyati 2018 yilning dekabri oyida zo‘rlash bilan bog‘liq ayblovlar sabab to‘xtatilgandi.

Kiritildi: 06:00 21.01.2019. O'qildi: 4554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!