Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Zo‘r TVga raddiya: “Bu musulmonlar uchun haqorat!”

Zo‘r TVga raddiya: “Bu musulmonlar uchun haqorat!”

Bugun Azon.uz tasarrufiga Zo‘rTV telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvdan videolavha yetib keldi.

Alloh taoloning amri, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sunnatlari ila sobit bo‘lgan, musulmonlar ming to‘rt yuz yildan beri amal qilib kelayotgan nikoh ahkomlarining ustidan mana bunday holatda kalaka qilinishi na qonun, na insof, na mantiq va na sog‘lom aqlga sig‘adigan bir hodisadir.

Undan ham achinarlisi, O‘zbekistonda keng ommaga namoyish etiladigan Zo‘rTV telekanali bunday lavhani efirga uzatib ma’naviy savodsizlik namunasini ko‘rsatgani bizni tashvishga soladi. Azon.uz tahririyati bunday holatni Islom va musulmonlar nomiga haqorat deb biladi va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ko‘rsatuv mehmoni, ko‘rsatuv tashkilotchilari hamda uni efirga uzatishga ijozat bergan badiiy kengashning xatti-harakatlariga O‘zbekiston qonunchiligi asosida huquqiy baho berilishini so‘raydi.

Shu o‘rinda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga murojaat qilishni ham o‘z burchimiz deb hisoblaymiz. Qo‘mita rahbariyatidan ushbu holat ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilishini va tegishli xulosa berilishini so‘raymiz. Umid qilamizki, qo‘mita rahbariyati bu holatga kerakli darajada e’tibor qaratadi. Chunki millionlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida din nomiga qilingan haqoratni so‘z va ifoda erkinligidan ajrata bilmaydigan fuqarolar qonun oldida javob berishlari lozim.

Bunday holatlarning oldini olish uchun esa Madaniyat vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va O‘zbekkonsert tashkiloti tomonidan o‘z vakolat doiralaridan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha qiziqchilarga tarixiy shaxslar, shuningdek, diniy va irqiy mavzular ustidan hazil-mutoyiba qilmaslik zarurligi haqida keng miqyosli tushuntirish ishlari olib borilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Manba: Azon.uz tahririyati

O‘sha videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz va ko‘chirib olishingiz mumkin.

Kiritildi: 20:34 22.04.2019. O'qildi: 11676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!