Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Zulfiqor Musoqovning "O‘zbekkino" rahbari ustidan prezidentga yozgan murojaati ijro uchun "O‘zbekkino"ga yuborildi

Zulfiqor Musoqovning "O‘zbekkino" rahbari ustidan prezidentga yozgan murojaati ijro uchun "O‘zbekkino"ga yuborildi

Taniqli rejissyor Zulfiqor Musoqov avgustda "O‘zbekkino" milliy agentligining amaldagi rahbari Firdavs Abduxoliqov ustidan arz qilib, davlat rahbariga murojaat yo‘llagandi.

Uning murojaati bir oy o‘tib, ijro va ko‘rib chiqish uchun "O‘zbekkino"ga qaytarilgan. Agentlik esa kecha shu murojaat bo‘yicha yig‘ilish qilgan va xulosasini aytishini bildirgan.

Murojaatning qisqacha bayoni

✅ hayotini kinoga bag‘ishlagan mutaxassislar turli rasmiy bahonalar bilan ishdan bo‘shatilmoqda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qib qilinmoqda;
✅ internet va ijtimoiy tarmoqlarda kinoijodkorlarni qoralash va g‘iybat, ochiqdan-ochiq haqorat qilish muhiti yaratilyapti (trolling);
✅ san’at tijoratga aylantirimoqda;
✅ ko‘zbo‘yamachilik avj olgan;
✅ jamiyat manfaatlari shaxsiy bizneslar bilan aralashtirib yuborilmoqda;
✅ kino sohasiga aloqasi yo‘q, san’at haqida mutlaqo tushunchaga ega bo‘lmagan odamlar ishga olinib, ularga oliy kategoriyali rejissyorning oyligidan 1,5 va 4 barobar ko‘p maosh to‘lanyapti;
✅ Abduxoliqov ustidan 109 nafar kinematografist murojaat qilishgan, ularning safida “O‘zbekfilm", “O‘zbekmultfilm" jamoasi, agentlik bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Mahmudov, “O‘zbekfilm” direktori Fotih Jalolov kabi ijodkorlar bor.
✅ Musoqovning fikricha, F.Abduxoliqov kino sohasini boshqarishga mutlaqo qobiliyatsiz va u prezident siyosatiga qarshi ish tutmoqda.

Qayd etish kerak, bu Zulfiqor Musoqovning prezidentga yozayotgan ilk maktubi emas. U avval boshqa masalada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga ham xat yozgan.

Kiritildi: 19:42 22.09.2020. O'qildi: 4273 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!