Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zidan "Manchester Yunayted"da ishlamoqchi emas

Zidan "Manchester Yunayted"da ishlamoqchi emas

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida ishlashga qiziqmayapti.

RMC Sport xabariga ko‘ra, "Real"ning sobiq bosh murabbiyi "qizil iblislar"ning taklifi kelsa, uni qabul qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan "Real"ni 2016-2018 va 2019-2021 yillarda boshqargan. Fransiyalik murabbiy "Los Blankos" bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Madridliklardan keyin fransiyalik mutaxassis hech kimga ustozlik qilmadi, biroq unga "Marsel", "Yuventus", "Bavariya" va Jazoir terma jamoasi qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 09:35 02.03.2024. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!