Kiyevda huquq-tartibot idoralari xodimlari prezident devoni binosi oynalarini metall sharlar bilan shikastlagan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda 14 fevral, dushanba kuni Milliy polisiya ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun polisiya xodimlari Davlat xavfsizlik departamenti xodimlari bilan birgalikda Bankova ko‘chasidagi Prezident devonining derazalariga rogatkadan metall sharlar otgan 32 yoshli Kiyevda yashovchi fuqaroni qo‘lga olishgan. U ikkita deraza oynasini shikastlagan.
Jinoyatchi qilmish sabablarini aniqlash uchun tuman IIBga olib ketildi.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan birlamchi tergov harakatlari olib borilmoqda.