Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: Yirik davlatlarning aniq pozisiyasi bo‘lmasa, Rossiya Federasiyasi bilan kelishuvlar kechikishi mumkin

Zelenskiy: Yirik davlatlarning aniq pozisiyasi bo‘lmasa, Rossiya Federasiyasi bilan kelishuvlar kechikishi mumkin

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH, Braziliya, shuningdek, Osiyo va Afrika davlatlari kabi yirik davlatlar aniq pozisiyasisiz Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan tuzilgan har qanday kelishuv faqat vaqtni kechiktirishini aytdi. Bu haqda u Grain from Ukraine konferensiyasida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

«Putin har ikki-uch oyda muzokaralarga yo‘l qo‘ymaslik uchun frontdagi keskinlikni kuchaytiradi. Yirik davlatlar – AQSH, Braziliya, Osiyo va Afrika davlatlarining aniq pozisiyasisiz Putin bilan kelishuvlar faqat vaqtni kechiktirish va Rossiya tomonidan qo‘rqitish siyosatining davomi bo‘ladi. Shu bilan birga, Ukraina urushni tugatish uchun taklif qilayotgan barcha qadamlar BMT Nizomiga asoslanadi. Mamlakatimiz hamkorlarimiz ularni qo‘llab-quvvatlashiga umid qiladi», — dedi Zelenskiy.

Prezident Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish masalasini uning samarasizligi tufayli ko‘targanini eslatdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim davlatlar o‘z ta’sirini yo‘qotishni istamagani uchun Xavfsizlik Kengashidagi islohotlar hozircha amalga oshirilmagan.

Zelenskiy, shuningdek, Braziliyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida «Rossiyaga hatto G20 yetakchilari uchrashuvida ham Ukrainaga raketa hujumlarini davom ettirishga imkon bergan» zaif pozisiyani tanqid qildi.

Kiritildi: Bugun 01:59. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!