"Shimoliy Koreyaning harbiylarining texnik maslahatchilari Rossiya tomonidan bosib olingan Mariupolga yetib keldi. Mariupoldagi KXDR askarlari ruslardan alohida joylashtirilgan", deb yozadi CNN Ukraina ichki razvedkasidagi manbasiga tayanib.
Shuningdek, Shimoliy Koreya qo‘shinlari Xarkov viloyatida ham kuzatilgani ma’lum qilingan. Biroq keyinroq Ukraina Qurolli kuchlarining “Xarkov” operativ-taktik guruhi mintaqada KXDR askarlari borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “ma’lumot bergan shaxs” tezkor-taktik guruhning rasmiy vakili emas.
Ukraina Qurolli kuchlarining aniqlik kiritishicha, Xarkov yo‘nalishidagi operativ vaziyat o‘zgarmagan va ukrainalik harbiylar “Rossiya bosqinchi kuchlarini" to‘xtatib turishda davom etmoqda.