Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy yaqin kunlarda ukrainaliklarga “g‘alaba rejasini” taqdim etadi

Zelenskiy yaqin kunlarda ukrainaliklarga “g‘alaba rejasini” taqdim etadi

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda ukrainaliklarga o‘zining “g‘alaba rejasi”ni taqdim etishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “asosiy yo‘nalishlar — Rossiyani siyosiy majburlash, diplomatik, iqtisodiy, harbiy sohalarga taalluqli bo‘lgan barcha narsalar ushbu rejada raqamlarsiz taqdim etilga”.

"Ukraina uchun kengroq taqdimotga kelsak, menimcha, bu bir necha kunlik masala. Chunki urushning qaysi bosqichida nima qilayotganimizni tushunish muhimdir. O‘ylaymanki, prezident ushbu taqdimotni samarali o‘tkazadi", deya qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy yaqinda AQShga qilgan tashrifi chog‘ida prezident Jo Baydenga, shuningdek, prezidentlikka nomzodlar Kamala Harris va Donald Trampga o‘zining “g‘alaba rejasini” taqdim etgan.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!