Vengriya Ukrainaga Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishni va Rojdestvo bayrami uchun harbiy asirlarni almashishni taklif qildi, biroq Zelenskiy bu tashabbusni rad etdi.
Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina prezidentining o‘ziga yo‘llagan tanqidiy bayonotiga javoban ma’lum qildi.
"Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi yakunida tinchlik uchun yangi sa’y-harakatlarni amalga oshirdik. Biz Rojdestvo sulhini va keng miqyosdagi mahbuslar almashinuvini taklif qildik. Prezident Zelenskiy bu taklifni rad etgani achinarli. Biz qo‘limizdan kelganini qildik", — deb yozdi Orban X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq Zelenskiy Vengriya bosh vazirini Putinga bugun qilgan qo‘ng‘irog‘i uchun tanqid qilib, "barchamiz Viktor Orban hech bo‘lmaganda Moskvadagi Asadga qo‘ng‘iroq qilmaydi, deb umid qilamiz", — deb yozgan edi.