Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Munich Security Conference doirasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Xorijiy OAVlarga ko‘ra, muloqot taxminan 40 daqiqa davom etgan. Uchrashuv tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.
Rubio 14 fevral kuni konferensiyada so‘zga chiqib, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishni istaydi yoki yo‘qligi hozircha noaniqligini bildirdi.
Avvalroq Zelenskiy shu kuni Rubio, shuningdek AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Djared Kushner bilan uchrashishini ma’lum qilgan.