Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: «Urushni faqat Putin to‘xtata oladi!»

A A A
Zelenskiy: «Urushni faqat Putin to‘xtata oladi!»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putin bilan muzokara stoliga o‘tirishdan boshqa iloji yo‘qligini, chunki urushni faqat u to‘xtata olishini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Zelenskiyning e’tirof etishicha, rus harbiylarining Ukraina shahar va qishloqlarida qilgan vahshiyliklaridan so‘ng unda Rossiyaga, rus askarlariga nisbatan nafrat uyg‘otgan. “Oyoqsiz, qo‘lsiz odamlar, o‘ldirilgan bolalar... Bu holatlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganimda... Bu dahshatli!” dedi u.

Zelenskiy jabrlanganlarga ko‘nikishning iloji bo‘lmasa-da, endi yig‘lay olmasligini tan oldi. Jurnalistning ikkita fotoportretiga izoh berish iltimosiga binoan u: "Bu ikki xil odam" dedi. Rasmlardan biri urushdan oldin, ikkinchisi esa Buchaga borgan paytida olingan.

Davlat rahbari, guvohlar aytganidek, ruslar Buchadagi urush jinoyatlari oldidan o‘ldirilganlar ro‘yxati bor yoki yo‘qligini bilmasligini, ammo Xerson kabi yirik shaharlarda bunday ro‘yxatlar haqida eshitganini aytdi. “Janubdagi Xerson, sharqdagi Zaporojye atroflarida nimalar ro‘y berayotganini rosti bilmaymiz. Ko‘pgina shaharlar butunlay vayron qilingan. Uylar ham, odamlar ham yo‘q – u yerda nima topamiz, bilmayman”, — dedi Zelenskiy.

Oxirgi bir necha kun ichida eshitgan eng yomon narsa nima degan savolga u Yevropa Ittifoqi yetakchi siyosatchilaridan birining Buchadagi urush jinoyatlari sahnalashtirilmaganligi haqidagi dalillarni ko‘rmoqchi bo‘lgan bayonoti ekanini bildirdi. Zelenskiy bu siyosatchining ismini aytmadi, lekin u Yevropadagi davlatlardan birining rahbarimi, degan savolga “Ha”, deb javob berdi.

Kiritildi: 22:41 09.04.2022. O'qildi: 8207 marta. Fikrlar soni: 17 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik