Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Zelenskiy — Ukrainaning so‘nggi prezidenti?!

Zelenskiy — Ukrainaning so‘nggi prezidenti?!

Yuqori Rada deputati Vadim Rabinovichning ta’kidlashicha, Ukraina parlament respublikasi bo‘lishga yaqin, chunki Vladimir Zelenskiy prezident sifatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan.

Rossiyaparast "Muxolifat platformasi — Hayot uchun" partiyasi hamraisining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukrainaning so‘nggi prezidenti bo‘lishi mumkin.

Rabinovichning fikriga ko‘ra, yangi davlat rahbariga katta umid bildirilgan, ammo aksariyat ukrainaliklarning undan ko‘ngli qolgan. 

"Men bir yil oldin aytgan edim: Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yo eng muvaffaqiyatli prezident, yoki Ukrainaning oxirgi prezidenti bo‘ladi, chunki biz parlament respublikasiga aylanamiz ... Va menimcha, bugun biz ikkinchi variantga yaqinlashmoqdamiz!", — dedi deputat.

Xususan, u Zelenskiyni "populizm" va samarasiz iqtisodiy siyosatda aybladi.

Kiritildi: 10:30 30.06.2020. O'qildi: 6410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!