Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Ukrainaga xorijiy kontingent joylashtirishni "Rossiyani tinchlikka majburlash vositalaridan biri" deb atadi

Zelenskiy Ukrainaga xorijiy kontingent joylashtirishni "Rossiyani tinchlikka majburlash vositalaridan biri" deb atadi

Ukraina prezidenti bunday fikrni Germaniyadagi Ramshteyn bazasida o‘tkazilgan aloqa guruhi yig‘ilishida bildirdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina va uni ittifoqchilarining maqsadi Rossiyani tinchlikka majburlash uchun zaruriy vositalarni izlash.

"Bu imkoniyatni ro‘yobga chiqarish uchun amaliy harakat qilishimiz kerak. Biz Buyuk Britaniyadan bu fikrni qo‘llab-quvvatlovchi signallarni eshitdik. Jasoratli bo‘lishimiz va haqiqatan ham kuchli vositalarni taklif qilishimiz kerak", — deya Ukraina prezidentining so‘zlarini keltiradi BBC.

Noyabr oxirida Le Monde nashri Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga xavfsizlik kafolati sifatida harbiylarini yuborishni muhokama qilayotgani haqida xabar bergandi. 18 dekabr kuni esa Reuters agentligi manbalariga tayanib, Yevropa davlatlari Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, uning bajarilishini kuzatish uchun Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar kontingentini yuborish imkoniyatini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 19:32 09.01.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!