Ukraina prezidenti Zelenskiy “Tarixiy xotirani saqlash bo‘yicha davlat siyosati to‘g‘risidagi” qonunni imzoladi. Bu haqda Ukrainaning “Sudebno-yuridicheskaya gazeta” nashri xabar berdi.
Qonunda ilk bor “Ukraina mustaqilligi uchun urush”, “tarixiy antiukrain targ‘iboti”, “ukrain xalqiga qarshi jinoyatlar”, kabi bir nechta tushunchalarga davlat darajasida rasmiy ta’rif berildi.
Shuningdek, hujjatda “rashizm” atamasi ham rasmiy ravishda ta’riflandi. Unda “rashizm” Rossiyada shakllangan nasistik totalitar tuzum asosidagi ideologiya va amaliyot sifatida qayd etilgan. Uning ildizlari rus shovinizmi, imperializmi hamda kommunistik va nasistik tuzumlar an’analari bilan bog‘lab ko‘rsatilgan.