Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi: "Yordam bering, iltimos"

Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi: "Yordam bering, iltimos"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Donbassda to‘rt nafar ukrain harbiylarining halok bo‘lishini muhokama qilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Zelenskiy Rossiya yetakchisidan vaziyatga ta’sir ko‘rsatishni iltimos qilgan.

“Men sizdan ular odamlarimizni o‘ldirishni bas qilishlari uchun boshqa tarafga ta’sir ko‘rsatishingizni o‘tinib so‘rayman”. – degan u.

Zelenskiyning fikriga ko‘ra, bunga o‘xshash hodisalar tinchlik boshlanishini tezlashtirmaydi.

Xabarda, shuningdek, Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Muzokaralarning maqsadi – zudlik bilan “normand formati” doirasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olish.

 

Kiritildi: 16:23 07.08.2019. O'qildi: 6659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!