Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Luskda polshalik hamkasbi Anjey Duda bilan bo‘lajak NATO sammitini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter’ida yozdi.
“Biz Ukraina uchun eng yaxshi natijaga erishish maqsadida birgalikda ishlashga kelishib oldik”, — deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar NATOning Vilnyus sammiti arafasida o‘z pozisiyalarini muvofiqlashtirgan.