Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Oliy Radaga korrupsiyaga qarshi kurash organlari mustaqilligini kuchaytiruvchi qonun loyihasini kiritishga va’da berdi

Zelenskiy Oliy Radaga korrupsiyaga qarshi kurash organlari mustaqilligini kuchaytiruvchi qonun loyihasini kiritishga va’da berdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura (SAP) mustaqilligini amalda bekor qilgan qonun atrofidagi noroziliklar yuzasidan fikr bildirdi.

Uning aytishicha, bu mavzu yuzasidan hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilgan.

"Biz ushbu institutlarning barcha rahbarlari birgalikda harakatlar rejasini — Ukrainada qonun ustuvorligini kuchaytirishga qodir aniq qadamlarni taklif qilishga kelishib oldik. Albatta, biz odamlarning aytayotgan gaplarini eshitdik. Bu bejiz emas. Biz barcha xavotirlarni, nimani o‘zgartirish kerakligini va nimalarni faollashtirish zarurligini tahlil qildik", — dedi Ukraina yetakchisi.

Zelenskiy Oliy Radaga “huquqni muhofaza qilish tizimini kuchaytiradigan” qonun loyihasini kiritishini ma’lum qildi. "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishiga hech qanday rossiyaparast ta’sir yoki aralashuv bo‘lmaydi. Bu judayam muhim. Yangi qonunda korrupsiyaga qarshi institutlar mustaqilligi uchun zarur bo‘lgan barcha normalar ko‘zda tutiladi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 22:56 23.07.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!