Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Angela Merkel bilan qilgan telefon muloqotida Rossiyani G7’ga qaytarishga qarshilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Telefon muloqoti chog‘ida ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat va uni hal qilish uchun “normandcha format”ni tezroq o‘tkazish muhimligini gaplashgan.
Germaniya kansleri G7 sammitida Ukrainadagi notinch vaziyat va Qrimning anneksiya qilinganini sabab qilib Rossiyani a’zolikka qaytarishga qarshilik ko‘rsatgandi.
Eslatib o‘tamiz, Biarrissdagi "kuchli yettilik" sammitida Tramp va Fransiya Rossiyani a’zolikka qaytarish taklifini ilgari surgandi, deydi "togri.uz".