Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Braziliya rahbari bilan uchrashishni iltimos qilmoqda

Zelenskiy Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Braziliya rahbari bilan uchrashishni iltimos qilmoqda

Vladimir Zelenskiy Braziliya ma’muriyatidan 15—17 iyun kunlari Kanadaning Alberta provinsiyasida bo‘lib o‘tadigan "Katta yettilik" (G7) sammiti davomida prezident Luiz Inasiu Lula da Silva bilan uchrashish imkoniyatini so‘radi. Bu haqda mahalliy GloboNews telekanali respublika hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Suhbatdoshlar prezident Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritmadi, biroq Kiyevdan olingan uchrashuv haqidagi so‘rovni tasdiqladi.

May oyida Metr poles gazetasi Zelenskiy Lula da Silvaga bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida uchrashuv o‘tkazishni so‘rab maktub yo‘llab kelgani, biroq hech qanday javob olmagani haqida xabar bergan edi.

2024 yilda Braziliya yetakchisi, agar Zelenskiy "aqlliroq bo‘lganida, mojaroni harbiy yo‘l bilan emas, diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini aytgan bo‘lardi" deb ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 09:30 12.06.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!