Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy G7 sammitiga taklif qilindi

Zelenskiy G7 sammitiga taklif qilindi

Ukraina prezidenti joriy yilning iyun oyida Kanadada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitiga taklif qilindi. Taklif Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni tomonidan berildi.

"Kanada Ukraina xalqining erkinlik uchun kurashini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi", – deya ma’lum qildi Karni Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng.

Ukraina prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Kanada hukumati rahbarining Moskvaga bosimni oshirish zarurligi haqidagi pozisiyasini yuqori baholab, Ottavaga harbiy yordam va energetika sohasidagi qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Katta yettilik” davlatlari sammiti joriy yilning 15–17 iyun kunlari Kanada g‘arbida joylashgan Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bundan avval, Kvebek shahrida G7 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi o‘tkazilgan edi. Ushbu uchrashuv oldidan AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G7 yakuniy bayonotidan Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlovchi hamda “Rossiya agressiyasi” haqidagi ifodalarni chiqarib tashlashni talab qilgan.

"Ammo ushbu ifodalar bayonotning oxirgi shakliga kiritilgan. Bu esa Vashingtonning Vladimir Putinning o‘t ochishni darhol to‘xtatishdan bosh tortganidan noroziligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin", deb yozadi AFP.

Kiritildi: 21:29 17.03.2025. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!