Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dnepropetrovsk viloyatiga safari chog‘ida Qurolli kuchlarning oldingi pozisiyalariga tashrif buyurdi.
"Himoyachilarimiz bilan suhbatlashdim, ularga mukofotlar topshirdim. Ularning kayfiyati qat’iyatli, ko‘zlarida g‘alabamizga ishonch bor. Ukraina ozodligi uchun kurashganingiz uchun rahmat!", deya post qoldirdi Prezident o‘z Telegram kanalida.