Ukraina prezidenti bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Muzokaralar stolida Rossiya, Ukraina va avval ham aytganimday Yevropa Ittifoqi va NATO ham bo‘ladi. Biz o‘zimizni bu ittifoqlarda xavfsizlik tizimining bir qismi sifatida ko‘ramiz", — dedi Ukraina prezidenti.
Ehtimoliy muzokaralar haqida gapirar ekan, Valodimir Zelenskiy Ukraina o‘z hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinganini tan olmasligini va egallab olingan yerlarini diplomatik yo‘llar bilan qaytarib olmoqchi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
"Kiyev kuchli pozisiyaga erishmaguncha urushni muzlatishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman. Aks holda Putin yana qaytib keladi va Ukrainani butunlay yo‘q qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.