Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitida ishtirok etadi.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi yetakchilari bir necha haftadan beri Kiyevning moliyaviy zaxiralari tezda tugab borayotganini hisobga olib, Ukrainaga kredit berish shartlari bo‘yicha kelishib olishga urinmoqda. Biroq, muzokaralar Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarining aksariyati joylashgan Belgiya tomonidan jiddiy qarshilikka duch kelmoqda.
Belgiya agar Moskva javob choralarini ko‘rsa yoki o‘z aktivlarini sud orqali qaytarib olsa, potensial moliyaviy javobgarlikdan himoya qilinishini talab qilmoqda.
Avvalroq, Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta Zelenskiyni 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa kengashi yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qilgan edi. Biroq, Ukraina OAVlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti tadbirda shaxsan qatnashishi dargumon va masofadan turib ishtirok etadi.