Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Erdo‘g‘an va uning xotiniga salomatlik tiladi

A A A
Zelenskiy Erdo‘g‘an va uning xotiniga salomatlik tiladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning "Omikron" shtammi bilan kasallangani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Zelenskiy hamkasbiga shifo tiladi.

«Elena va men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an koronavirusga chalinganidan afsusdamiz. Do‘stlarimiz, janob Erdo‘g‘an va Emine xonimga tezda sog‘ayib ketishlarini chin dildan tilaymiz!», deb yozdi Zelenskiy.

Shundan so‘ng Turkiya prezidenti Vladimir Zelenskiyning tvitini qayta joylashtirdi va javob yozdi.

«Aziz do‘stim, bu ajoyib xabar uchun o‘zim va rafiqam nomidan samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizga, oilangizga va Ukraina xalqiga salom yo‘llayman», — deb javob berdi Erdo‘g‘an Zelenskiyga.

Kiritildi: 23:51 05.02.2022. O'qildi: 3919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik