Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dushanba kuni YEI davlatlari davlat va hukumat rahbarlariga murojaat qilib, Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi hali kuchga kirmagani uchun tanqid qildi.
“Beshinchi sanksiya paketi 8 aprelda joriy qilingan edi, oradan 52 kun o‘tdi”, — dedi Zelenskiy. Uning fikricha, “Rossiyani Ukraina bilan tinchlikka erishishga majburlash uchun” sanksiyalarni qabul qilish jarayoni tezlashishi zarur. U, shuningdek, “Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi hisobiga hech qanday murosa bo‘lishi mumkin emasligini” yana bir bor ta’kidladi.