Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Davosga boradimi?

Zelenskiy Davosga boradimi?

Zelenskiy Davosga bormoqda, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda

Bu haqda Ukraina prezidenti idorasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Suspilne”.

21 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forum doirasida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

"Ukraina va Rossiya juda ko‘p odamlarini yo‘qotdi. Men prezident Putin bilan muloqot qilyapman va, menimcha, u kelishuv tuzishni istaydi. Men prezident Zelenskiy bilan ham muloqotdaman va, menimcha, u ham kelishuvga tayyor. Men bugun Zelenskiy bilan uchrashaman. Balki u hozir shu zalda bo‘lishi ham mumkin. Bu urushni to‘xtatish kerak, chunki juda ko‘p odamlar behuda halok bo‘lyapti. Meni bu masalaga qiziqtirayotgan yagona sabab ham shu", — degan edi Tramp.

Kiritildi: Bugun 13:57. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!