Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 14 fevral oqshomida xalqqa murojaat qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda «RBK-Ukraina» o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, davlat rahbarining murojaati mamlakatning asosiy telekanallari orqali namoyish etiladi. Ukraina rahbari o‘z murojaatida aynan nima haqida gapirishni rejalashtirayotgani oshkor etilmagan.