Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy bu xabarlarga izoh berdi

A A A
Zelenskiy bu xabarlarga izoh berdi

Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Eronning Rossiyaga o‘zi uchar uchoqlar yetkazib berish haqidagi bayonotiga izoh berdi.

"Aytgancha, bugun Eron rasmiy vakillaridan xabar keldi. Ular rus terrori uchun dronlarni yetkazib berganliklarini tan olishga qaror qilishdi, ammo yolg‘on ishlatishdi.

Biz har kuni kamida 10 ta Eron dronini urib tushiramiz va Eron rejimi dronlarni to‘liq miqyosdagi bosqin boshlanishidan oldin yetkazib berganini da’vo qilmoqda. Kecha atigi bir kunning o‘zida 11 ta "Shohid" yo‘q qilindi. Biz aniq bilamizki, eronlik instruktorlar rossiyalik terrorchilarga dronlardan foydalanishni o‘rgatishgan, biroq Tehron bu haqda lom-mim demayapti.

Va agar Eron ochiqchasiga yolg‘on gapirishda davom etsa, bu harakat dunyo Rossiya va Eron rejimlarining terroristik hamkorligini hamda Rossiya buning uchun Eronga nima to‘layotganini chuqurroq tekshirishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy dunyoda biror terrorchi yoki uning sherigi jazosiz qolishi mumkin emas", — deb ta’kidladi Ukraina prezidenti bugungi nutqida.

Kiritildi: 09:28 06.11.2022. O'qildi: 3152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik