Zelenskiy BMT va Qizil Xochning Kaxovka gidroelektr stansiyasini portlatish haqidagi munosabatidan hayratda va hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.
Bild nashriga bergan intervyusida u xalqaro tashkilotlar yordam so‘roviga javob bermagani yoki bu aslida “diplomatik tilda” rad etish ekanidan shikoyat qildi.
Ukraina prezidenti yana bir bor ruslarni GESni buzganlikda aybladi:
Ular bu yo‘nalishda qarshi hujum boshlashimizdan qo‘rqishadi va hududlarimizni ozod qilishni qiyinlashtirmoqchi”, - deydi u.