Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlni Vagner asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘limida aybdor deb hisoblaganlar safiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda BBC.
“Putin shaxs sifatida, siyosatchi sifatida aqldan ozgan. U Prigojinni o‘ldirdi – hech bo‘lmaganda bizda shunday ma’lumotlar bor”, — dedi Ukraina prezidenti Kiyevdagi Yalta sammitida.
Zelenskiyning fikricha, bu voqealardan keyin ruslarning ruhiyati pasaygan.
Ukraina prezidenti Rossiya Federasiyasi prezidenti Vagner asoschisining o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosaga qanday ma’lumotlar asosida kelganiga aniqlik kiritmadi.