Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus va pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar keskin kamaygani inobatga olinib, muassasalar bazasidan unumli foydalanish hamda kelgusida ularning faoliyatini tibbiyotning boshqa yo‘nalishlariga ham moslashtirish maqsadida reabilitasiya bo‘limlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ushbu shifoxonalarda koronavirusga oid ilmiy-tadqiqot va innovasiya ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, shu maqsadda shifoxonalarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi.

Kiritildi: 14:32 28.11.2020. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!