Turinning «Yuventus» klubi Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hujumchisi Sardor Azmunga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Italiya klubi yarim yilga yaqin safdan chiqqan Federiko Kyezaning og‘ir jarohati tufayli hujum chizig‘iga futbolchi qidirmoqda. «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri eronlik futbolchini sotib olishni ta’kidladi.
Oldinroq Azmun 4-5 million yevro evaziga «Lion»ga o‘tishga yaqin ekani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda 27 yoshli Azmun «Zenit» safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.