Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog‘aydi.
❗️Navoiy viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 252 nafarga yetdi.
‼️Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor “COVID-19”dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi