Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yurtimizda o‘tkazilgan U-23 Osiyo Kubogi e’tirof etildi

Yurtimizda o‘tkazilgan U-23 Osiyo Kubogi e’tirof etildi

Osiyoning eng kuchli 16 jamoasi Toshkent va Qarshi shaharlarida 19 kun davomida 32 ta o‘yinda kuch sinashishdi.

Ushbu turnir doirasidagi barcha o‘yinlarda jami 81 ta gol urildi. Bu — har bir bahsga o‘rtacha 2,53 goldan to‘g‘ri keladi, deganidir. Musobaqa chempioni Saudiya Arabistoni jamoasi turnir tarixida birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay, zafar quchgan ilk jamoaga aylandi.

Shuningdek, mazkur musobaqa tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha ham rekordlarni yangiladi. Xususan, mezbon O‘zbekistonning Turkmanistonga qarshi bahsini tomosha qilish uchun “Paxtakor” stadioniga 28 670 muxlis tashrif buyurgan bo‘lsa, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi finalni 32 268 ishqiboz bevosita stadiondan kuzatib borgan.

Kiritildi: 18:38 01.07.2022. O'qildi: 5517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!