Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda

Yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda

Yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan barcha maktab, bog‘cha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra:

- ta’lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo‘l yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi,

- sharoiti og‘ir bo‘lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bog‘chaga geliokollektor olib beriladi;

- 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna o‘rnatiladi.

Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o‘zida byudjetdan 780 milliard so‘m ajratiladi.

Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo‘lishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

“Toza qo‘llar” dasturining mohiyati, shaxsiy gigiyena haqida katta targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 15:25 07.05.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!