Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Yo‘qolib qolgan odam boshqalar bilan o‘zini qidirishga tushdi -Turkiya

Yo‘qolib qolgan odam boshqalar bilan o‘zini qidirishga tushdi -Turkiya

Turkiyada yo‘qolib qolgan erkak o‘zi bexabar holda uni qidirayotgan guruhga qo‘shilib oldi, deb xabar beradi mahalliy matbuot.

Beyhan Mutlu seshanba kuni do‘stlari bilan mayxo‘rlik qilganidan so‘ng, Bursa viloyatidagi o‘rmonda adashib qoladi.

Beyhan uyga qaytavermas ekan, uning rafiqasi va do‘stlari qidiruv guruhi tuzishadi.

Ellik yashar Mutlu janoblari bu qidiruv guruhini uchratib qoladi va o‘zi ham ularning qatoriga kirib oladi. NTV xabariga ko‘ra, qidiruv guruhidagilar uning nomini aytib, chaqirishni boshlaganida u "Men shu yerdaman", deb javob qiladi.

Keyinroq uni qutqaruvchilar biri chekkaga olib chiqib, nima bo‘lgani haqida hisobot so‘raydi.

"Meni qattiq jazolamang, zobit! Otam bilsa meni o‘ldiradi", deydi Beyhan qutqaruvchilarga.

Shundan keyin polisiya uni uyiga olib borib qo‘yadi.

Beyhan Mutluga jarima solindimi yo‘qmi degan savol hamon ochiq qolmoqda.

Kiritildi: 20:34 05.10.2021. O'qildi: 4356 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!