Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yunusoboddagi maktab o‘qituvchilari o‘z xohishlari bilan ishga chiqqan – Boshqarma

Yunusoboddagi maktab o‘qituvchilari o‘z xohishlari bilan ishga chiqqan – Boshqarma

Kecha ijtimoiy tarmoq sahifalarida joriy yil 9 noyabr kuni ertalab soat 9:00 dan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 288-maktab o‘qituvchilari maktab hovlisida ishlashga majbur qilingani aytilgan xabar tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, mazkur maktab pedagoglari va texnik xodimlari «yurtimiz bo‘ylab uyushtirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yumushlarida o‘z xohishlariga ko‘ra» qatnashgan.

«Tadbir doirasida mavsumiy gul va turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, maktab hovlisi, ariqlar xazonlardan tozalangan. Hech bir pedagog-xodim mazkur xayrli ishni amalga oshirishga majburlanmaganligini bildiramiz», – deyiladi Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tushuntirishida.

Kiritildi: 00:01 11.11.2024. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!