Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yunusobodda erkak va ayol talonchilik qildi

A A A
Yunusobodda erkak va ayol talonchilik qildi

Shu yil 27 avgust kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi  N.YU. ismli ayolning uyi oldida uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, bo‘ynidagi zanjirini olib, voqea joyidan qochib ketgan. 

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi D.M. ismli ayol va Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi M.A. ismli erkak sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 13:29 17.09.2018. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik