Bombalanayotgan G‘azo: 461-kunning asosiy voqealari.
Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Shujayya hududi, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga zarba berdi. Bir kunda 48 kishi shahid bo‘ldi, ulardan 33 nafari G‘azo shimolida. Bir kunda 45 936 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar Al-Avda kasalxonasini qurshab olib, unga qarata o‘t ochmoqda. Muassasa deyarli bir haftadan beri hujum ostida. Ammo oxirgi kunlar eng qiyin bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lageridagi bosqinchilarga qarata o‘q uzdi. G‘azodan Karem Salam tomon raketalar otildi.
▪️Bosqinchilar Bayt Xanun shahrida qarshilik jangchilari tankga ulangan qurilmaning portlashi natijasida uch nafar isroillik askari halok bo‘lgan va bir zobit yaralangani haqida xabar bergan edi.
▪️YUNISEF: 2025 yilning birinchi haftasida G‘azoda 74 bola halok bo‘ldi.
▪️G‘arbiy sohilda, Tamun shahrida bosqinchilar besh kishini o‘ldirdi, ulardan ikki nafari 8 va 10 yoshli bolalar. Bir necha yaralangan falastinlik ham o‘g‘irlab ketilgan.
▪️Baytlahmda qarshilik jangchilari qishloq aholisining mashinasiga hujum qilishdi, Etzion brigadasi komandiri voqea joyiga yetib kelganida uning mashinasiga o‘q uzildi. Jangchilar qochishga muvaffaq bo‘lishdi.
▪️Isroil Mudofaa vaziri yopiq yig‘ilishda: G‘arbiy Sohil urush yoqasida.
▪️AQSh va Buyuk Britaniya Yaman poytaxti Sana hamda mamlakat g‘arbidagi Amran va Xodeyda viloyatlariga zarbalar berdi.
▪️Ishg‘ol AQShdan G‘arbiy Sohildagi "xavfsizlik operasiyalari" uchun 680 million dollar so‘radi.