Xalqaro munosabatlarda neoliberalizmning asosiy mafkurachilaridan biri, Garvard universiteti professori Jozef Nay 88 yoshida vafot etdi.
Nay "yumshoq kuch" tushunchasining asoschisi sifatida mashhur. Unga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadga faqat iqtisodiy majburlash yoki harbiy qudrat orqali erishib bo‘lmaydi. Nay davlatning o‘z irodasini boshqalarga o‘tkazish qobiliyatining muhim omili sifatida "jozibadorlik"ni ko‘rsatadi. Ya’ni, madaniy-axloqiy qadriyatlarni, siyosiy yo‘nalishning jozibadorligini va mamlakat siyosiy institutlarining samaradorligini namoyish etish orqali xalqaro munosabatlarda o‘z kun tartibini qo‘llab-quvvatlashga erishish va boshqalarni o‘z tomoniga jalb qilish qobiliyatidir.
Siyosatshunos ta’kidlaganidek, uzoq muddatli istiqbolda "yumshoq kuch" boshqa ta’sir usullariga nisbatan samaraliroq va ma’qulroq bo‘lib chiqadi.