Sochi shahri polisiyasi nogiron erkakni ayamasdan do‘pposlagan haydovchiga qarshi bir emas ikki jinoiy ish qo‘zg‘adi, deya xabar berdi mahalliy IIV.
Ma’lum qilinishicha, nogiron erkak ham haydovchi bo‘lib, bir nuqtada kelib qolishganida ikkinchi haydovchiga yo‘l berishga ulgurmagan. Jinoyatchi esa qo‘liga tushgan og‘ir buyum bilan nogironni bir necha marotaba urgan. Kamiga mashinasining oynasini ham sindirgan.
Jabrlanuvchi bosh va ko‘zlaridan olgan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.