Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Yo‘l qoidabuzarliklari uchun 12 ballik tizim qanday ishlaydi?

Yo‘l qoidabuzarliklari uchun 12 ballik tizim qanday ishlaydi?

Bu bo‘yicha muhokamaga qo‘yilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

✅ qoidabuzarliklar uchun 0,3 balldan 2 ballgacha jarima ballari hisoblanadi;

✅ jarima ballari E-jarimaball moduli orqali avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi. Modul 1-mayga qadar ishlab chiqiladi.

✅ Haydovchilar o‘zlarining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni ushbu modul va maxsus mobil ilova yoki Yagona portal orqali olishadi. To‘plagan har bir ball haqida haydovchiga SMS xabar yuboriladi.

Bunda qoidabuzarliklar uchun quyidagi tartibda jarima ballari belgilash taklif etilmoqda:

🔹 tormoz tizimi, rul boshqaruvi yoki ulovchi qurilmalari nosoz yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarish — 0,5 ball;
🔹 foydalanish man etilgan, davlat raqami belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — 1 ball;
🔹 belgilanmagan tartibda oynalar tusini o‘zgartirish, ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatish (oynalarni qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno) — 0,5 ball;
🔹 xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazodan keyin bir yilda takror sodir etilsa — 1 ball;
🔹 sababsiz signal chalish, belgilanmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish — 0,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirish — 0,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgacha oshirish — 1 ball;
🔹 tezlikni soatiga 40 kilometrdan 60 kilometrgacha oshirish — 1,5 ball;
🔹 tezlikni soatiga 60 kilometrdan ortiqqa oshirish — 2 ball;
🔹 svetoforning taqiqlovchi signali yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik — 1 ball;
🔹 tezkor va maxsus xizmatlarning to‘siqsiz o‘tib ketishiga xalaqit berish — 0,5 ball;
🔹 yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etish — 2 ball;
🔹 to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish — 0,3 ball;
🔹 odam tashish qoidalarini buzish — 0,5 ball;
🔹 avtobus yoki mikroavtobuslarda IIO xodimlari hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart bo‘lsa — 0,5 ball;
🔹 quvib o‘tish qoidalarini buzish — 1,5 ball;
🔹 avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakatlanish — 2 ball;
🔹 temiryo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish — 1 ball;
🔹 YTH qatnashchilarining hodisa joyidan ketib qolishi — 2 ball.

✅ Agar haydovchi 12 oy ichida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.

✅ Oxirgi qoidabuzarlik uchun jarima balli hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 ball ayirib tashlanadi. Bunda ularning umumiy jarima ballari 2 balldan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari olib tashlanadi.

✅ Haydovchilar jarima ballari bo‘yicha tegishli tartibda YHXX huzuridagi Ma’muriy amaliyot markazi va hududiy markazlarga murojaat qilishlari mumkin.

Shunga ko‘ra, ularning murojaatlari qanoatlantirlishi yoki rad qilinishi mumkin.

🗓 Mazkur qaror 2025-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 15:41 24.03.2025. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!